Toshkent hayvonot bog‘i rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekiston 11:33 / 30.05.2016 9987

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 20 maydagi qarori bilan, Toshkent hayvonot bog‘ini 2016-2020 yillarda rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjat matni Lex.uz saytida e'lon qilingan. 

Unga ko‘ra, hayvonlar uchun tabiiy yashash sharoitiga imkon qadar o‘xshatilgan qulaylik yaratish ko‘zda tutilgan. Xususan, hayvonlarni saqlash volerlarining tashqi ko‘rinishlari jahonning yetakchi muzeylari namunasiga binoan keskin o‘zgartiriladi. Yangilari barpo etiladi. 

Bundan tashqari, yuqori texnologiyali yangi «Akvanarium» ham quriladi. Unda dengiz jonivorlari va baliqlar saqlanadi. 

Qonunda, zamonaviy fauna tadqiqotlarini rivojlantirish uchun ilmiy majmua barpo etish, zoologiya laboratoriyasi va zooinjyeneriya, shuningdek, yangi tibbiy uskunalar xarid qilish bilan veterinar klinika texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgan. 

Shu bilan birga, bog‘ mehmonlari uchun, qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida audio-gid xizmati yo‘lga qo‘yiladi, zamonaviy attraksionlar keltirish bilan yangi bolalar ko‘ngilochar maydonchalari, kafe va Wi-Fi hududlari barpo etiladi. Bog‘ bo‘ylab sayrni tashkil etish maqsadida ikkita elektromobil xarid qilinadi. 

Qarorda, Toshkent hayvonot bog‘ining Samarqand va Farg‘ona shaharlarida shoxobchalarini ochish, Termiz hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish ham belgilangan.

Toshkent hayvonot bog‘i 1924 yili tashkil etilgan bo‘lib, 1994 yili botanika bog‘i yonida yangi hayvonot bog‘i qurilishi boshlangan, 1997 yili foydalanishga topshirilgan edi. 

Bugungi kunda, poytaxt hayvonot bog‘i hududi 21,5 gektarni tashkil etadi. Unda, 7000dan ortiq ekzotik, noyob va yo‘qolib borayotgan jonivorlar, parrandalar va dengiz jonivorlari turlari mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: