Putin Kudrinning g‘arbga yonbosish taklifini rad etdi

Jahon 14:02 / 30.05.2016 6453

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida o‘tkazilgan iqtisodiy kengash prezidiumi majlisida Strategik ishlanmalar markazi rahbari Aleksey Kudrin, iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida geosiyosiy keskinlik darajasini pasaytirishni tavsiya etdi, deb yozmoqda «Vedomosti» gazetasi.

Kudrinning fikricha, turli ambitsiyalardan voz kechish g‘arb davlatlariga texnologik va iqtisodiy ma'noda yetib olish imkonini beradi. 

Biroq, nashrning yozishicha, davlat rahbari sobiq moliya vaziri taklifini rad etib, Rossiya ayrim jihatlarda taraqqiy etgan mamlakatlardan ortda qolishiga qaramay, "suverenitetini sota olmasligi"ni ta'kidlagan. Bunda Putin umrining oxirigacha, davlat mustaqilligi va erkinligini himoya qilishga va'da bergan. 

«Birinchi bo‘lib Rossiya boshlagani yo‘q», — degan davlat rahbari. Biroq, uning qayd etishicha, «keskinlikning o‘ta taranglashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda fitnalarga uchmaslik zarur».

Aprel oyida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Kudrin to‘g‘risida fikr bildirib, Kreml ma'muriyati uni dunyoning eng yetakchi moliya mutaxassislaridan biri deb hisoblashini ta'kidlagan edi. 2000-2011 yillarda Rossiya moliya vaziri bo‘lgan Kudrin, mamlakat vazirlar mahkamasining eng yaxshi a'zolaridan biri deya e'tirof etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: