"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning sobiq futbolchisi Rio Ferdinandni o‘z murabbiylar shtabiga jalb etmoqchi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan.
Portugaliyalik mutaxassis o‘tgan haftada jamoa bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkandi. Bu shartnoma keyinchalik yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Mourino Lui van Gaalning o‘rniga olib kelindi.
Manbaning yozishicha, Mourino o‘z atrofida jamoa bilan yaxshi tanish mutaxassislarni yig‘moqchi. Hozircha, van Gaalga yordamchi bo‘lgan Rayan Giggzning taqdiri hal qilinmagan. Mourino yoshlar bilan ishlashda tajribaga ega bu mutaxassis jamoada qolishiga umid qilmoqda.
Ferdinand 2002 yildan 2014 yilgacha "MYu" safida o‘ynagan. Yana 1 yil davomida "KPR" safida bo‘lgan futbolchi 2015 yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan va televideniyeda ish boshlagandi.