Tinch okeanidagi mitti Nauru davlatining 1899 yildan beri amal qilib kelayotgan jinoyat kodeksi o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Yangi qonunlarga ko‘ra, quldorlik uchun jinoiy javobgarlik kiritildi. Shuningdek, nomusga tegish uchun jazolash rasmiy munosabatlarda bo‘lgan juftliklarga taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘z joniga suiqasd qilish uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi. Shuningdek, agar abort "qonunan amalga oshirilgan tibbiy muolaja" bo‘lmasa, uni amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritiladi.