30 mayda Moskvada yangi "Jukovskiy" aeroportining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda OAV.
Yangi aeroport Moskvadagi 4-aeroport bo‘ladi, undan birinchi bo‘lib Qozog‘iston va Qirg‘iziston aviakompaniyalari samolyotlari parvoz qiladi. "Ramport aero" kompaniyasi yiliga 4 mln odam o‘tkaza oladigan terminalga 27 mln dollar sarfladi, uchish polosasini Gromov nomidagi uchish-tadqiqot instituti aerodromi taqdim qiladi. Aeroportni mart oxirida ochish rejalashtirilgandi, biroq tegishli ruxsatlarni olishga ancha vaqt talab etildi.
Aeroportni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ochib beradi.
Mutaxassislarning fikricha, yangi aeroportning asosiy kamchiligi unga transport orqali borishning murakkabligidir. Hozircha yangi aeroportning istiqboli borligini aytish qiyin, biroq pastlayotgan bozorda agar u aeroport xizmatlariga jiddiy chegirmalar taklif qila olmasa, qolgan uchta aeroport bilan raqobatlashishi mushkul bo‘ladi.
Moskvada, shuningdek, Sheremetevo, Domodedovo i Vnukovo aeroportlari faoliyat yuritadi.