O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida farzandlari ham ishtirok etgan qush bolasini qutqarish haqidagi ta'sirli hikoya bilan bo‘lishdi.
"Daraxtdagi indan qush bolasi tushib ketdi va farzandlarim bilan biz qog‘oz stakandan yangi in yasab, uni daraxtga joylashtirdik hamda qushning onasi kelishini poyladik!", - deb yozdi u.
Lola Karimova ana shunday uzoq vaqt xotirada saqlanib qoladigan dam olish kunlaridagi kichik bo‘lsa-da, ta'sirchan va mehr-muhabbatga to‘la lahzalarni yaxshi ko‘rishi hamda juda qadrlashini bildirdi.
Lola Karimova-Tillayevaning uch farzandi bor: qizlari Maryam va Safiya hamda o‘g‘li Umar.