Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi T. Anatoliy shahar hududidagi avtomashinalarni vaqtincha saqlash joyiga kelib, halovati buzildi. Negaki, bir oz oldin shu yerda qoldirgan “YaVA-350” rusumli mototsikli joyida yo‘q edi. U bu haqda tezda ichki ishlar idoralariga xabar berdi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Qarshi shahrida yashovchi R.S. va S.A. ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.