IShID jangarilari Iroqning Al-Falluja shahri aholisi vakillari bo‘lgan 100 nafar yigitni qamoqqa tashlagan. Bunga yigitlar soqol o‘stirishni istamagani sabab bo‘lgan.
Mahalliy nashrlarning shahar oqsoqollaridan biri shayx Majid al-Jasiriga asoslanib xabar qilishicha, jangarilar shahar markazidagi An-Nazizi bozorida va shahar g‘arbidagi Al-Jadid tumanida tekshiruvlar o‘tkazishgan va yuzga yaqin yosh yigitni soqol qo‘ymagani uchun qo‘lga olgan.
Yigitlar noma'lum yo‘nalishda olib ketilgani aytilgan.