Iroqda Madridning "Real" klubi muxlislariga hujum uyushtirilishi oqibatida 12 nafar odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda AS nashri. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, terakt Ba'kuba shahrida yuz berdi.
To‘rt terrorchi Madrid klubi muxlislari Chempionlar Ligasi final uchrashuvini tomosha qilayotgan xonaga kirib, ularga qarata betartib o‘q uza boshlagan. Bosqinchilar qochib ketgan, hozir ulardan birortasi qo‘lga olinmagan.
Iroq hukumati terakt uchun javobgarlikni IShID zimmasiga yukladi.
13 may kuni Iroqning Samarra shahrida "Real"ning fan-klubiga hujum qilinishi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgandi. Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgandi.