Iroq armiyasi Al-Falluja qamalini boshladi

Jahon 11:57 / 30.05.2016 6133

Iroq qo‘shinlari va sunniy ko‘ngillilari Bag‘doddan 50 kilometr uzoqlikdagi Al-Falluja shahri yaqinida IShID jangarilarining ilk mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi. Hujumda artilleriya kuchlari va tanklar ishtirok etmoqda. Shuningdek, yuqoridan aviatsiya kuchlari ko‘mak bermoqda. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda shahar uch tomondan o‘rab olingan.

Frans press agentligining Iroq armiyasi qo‘mondonlaridan biriga asoslanib xabar berishicha, harbiylarning bir qismi shaharga kirgan.

Al-Fallujani ozod etish bo‘yicha harbiy harakatlar 1 hafta oldin boshlangan, shu vaqtgacha shahar atrofidagi qishloqlarni jangarilardan tozalash ishlari olib borilgan va marralar mustahkamlangan.

Al-Falluja 2014 yili IShID Iroq hududida egallab olgan ilk shahar hisoblanadi.

Bag‘doddan terrorchilarga qarshi kurash maxsus kuchlarining 5 ming nafar jangchisi yetib kelgan.

Fallujada operatsiya boshlangunicha shaharni tark etishga ulgurmagan 50 ming atrofida aholi borligi aytilgan. OAV xabarlariga ko‘ra, bu aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: