Xitoy AQSh bilan sovuq urushga kirishishdan manfaatdor emas va Xitoy suvereniteti yoki xavfsizligiga ziyon yetkazishga istalgan urinishlarga qat'iyan qarshi chiqadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning Xitoy o‘z atrofida o‘zini yakkalash buyuk devorini qurayotgani haqida aytgan so‘zlariga izoh berib shunday dedi.
"Uning nutqi amerikancha fikrlash va gegemonlik uslubini namoyon qiladi. Bir qator amerikaliklar 21-asrga jisman o‘tgan bo‘lsa-da, fikrlashi sovuq urushi vaqtidagidek qolgan. Bu odamlar turli voqealar o‘ylab topib, butun dunyo do‘ylab raqiblar qidiradilar", deb aytdi xitoylik ayol diplomat.
"AQSh tomonining bunday gapirishidan maqsad Osiyo-Tinch okeanida zamonaviyroq qurol-aslaha joylashtirishdan iborat", deb hisoblamoqda Xua Chunin. Shu bilan birga diplomat AQSh va Xitoyni o‘zaro manfaatlar va umumiy vazifalarning keng doirasi birlashtirishini ta'kidlab o‘tdi.
"O‘zaro manfaatli hamkorlik va o‘zaro hurmat tamoyillari tinchlik va barqarorlik asosi hisoblanadi", deb o‘z so‘zini intiholadi xitoylik diplomat.