Xitoy firmasi "irqiy" mazmundagi reklamasi uchun uzr so‘radi

Jahon 12:07 / 30.05.2016 4953

Xitoy reklama firmasi "irqchilik" mazmuniga egalikda gumon qilingan reklama roligi uchun uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. 

Gap shundaki, yangi kir yuvish poroshogi imkoniyatini mubolag‘ali namoyish etgan reklama roligida oqtanli xitoylik ayol bo‘yoqlarga burkangan qoratanli erkakni kir yuvish mashinasiga joylaydi. Birmuncha vaqtdan so‘ng, kir mashinasi to‘xtagach, uning ichidan toza, oqtanli xitoylik yigit chiqib keladi. 

Reklama roligi va uning g‘oyasini ishlab chiqqan Qiaobi firmasi ushbu mahsuloti borasida kechirim so‘rashi barobarida, xalqaro media rolikni haddan tashqari bo‘rttirib yuborganini qayd etgan. 

"Biz, reklama roligi namoyishi afrikaliklar sha'niga zarar yetkazgani hamda jamoat fikri haddan tashqari bo‘rttirilgani tufayli, uzr so‘raymiz va internet foydalanuvchilari va boshqa media vakillari uni qayta tahlil qilmasligiga umid qilamiz", deyiladi firma bayonotida. 

"Biz, irqiy kamsitishlarni keskin qoralaymiz va unga qarshimiz".

Shuningdek, kompaniya reklama roligini internet tarmog‘idan olib tashlaganini bildirib, boshqa internet foydalanuvchilari va media vakillaridan uni qayta namoyish etmaslikni so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: