Germaniyada suv toshqinlari tufayli 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Jahon 10:47 / 30.05.2016 2757

Baden-Vyurtemberg federal yeri ichki ishlar vazirligi qoshidagi favqulodda vaziyatlar shtabiga ko‘ra, Germaniya janubida yuz bergan dahshati suv toshqinlari 3 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, ulardan biri qutqaruvchidir. 

Xabarlarga ko‘ra, o‘t o‘chirish-qutqaruv xizmati xodimi cho‘kayotgan erkakni qutqarishga urinishi chog‘ida ularning ikkisi ham cho‘kib ketgan. 

Ma'muriyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida ko‘plab mahalliy aholi ham aziyat chekkan. 

DPA agentligining xabar qilishicha, bundan avval, politsiya mahkamasi Vaysbax kommunasida ham bir erkak kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgandi. 

29 may kuni kechasi Germaniyaning janubiy hududlariga yopirilgan surunkali yomg‘irlar Baden-Vyurtembergning bir necha shaharlarida suv toshqinlarini keltirib chiqargan edi.

Ko‘proq yangiliklar: