Turkiyaning dushmanlari 1453 yilda Istanbul fath qilingani bois undan o‘ch olishmoqchi, dedi mamlakat prezidenti Tayip Erdo‘g‘an.
"Bizning mamlakatimizni hech kim barbod qila olmaydi. Istanbul fath qilinganidan so‘ng turklar Anatoliya va Frakiyada joylashishdi va shundan beri bu yerlardan ketish niyati yo‘q...Bizning millatimiz dushmanlarga bir asr avval munosib javob bergan. Ishonchim komilki, Turkiya Respublikasi yaratilganligining 100 yilligida (2023 yilda) mamlakatimiz dunyoning eng iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlari o‘nligiga kiradi", - deya ma'lum qildi Erdo‘g‘an Istanbulning usmoniylar qo‘shini tomonidan zabt etilganligining 563 yilligiga bag‘ishlangan namoyishdagi ishtirokida. Bu haqida Anadolu agentligi ma'lum qildi.
Turkiya yetakchisi yuz yil ichida mamlakat butkul o‘zgarganini qo‘shimcha qildi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ayrim davlatlar "Suriyadagi iflos o‘yinlar"ga yengil qarab, "terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashmoqda".
"Rossiya va Eronning Suriyai bilan nima ishi bor? Ularga nima bor u yerda? Suriya yerlarida terrorchilar belgisi tushirilgan maxsus harbiy kiyimlardagi amerikalik askarlar nima qilishmoqda? IShID - bu sun'iy tuzilgan tashkilot, u bilan kurash bahonasida maqsadi aniq o‘yinlar amalga oshiriladi. Muayyan kuchlar Turkiyani Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan ajratishga harakat qilishmoqda", - deya ma'lum qildi Erdo‘g‘an.