31 may kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Yevroosiyo iqtisodiy kengashining oliy darajadagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston davlat rahbarlari: Nursulton Nazarboyev, Vladimir Putin, Aleksandr Lukashenko, Almazbek Atambayev hamda Serj Sargsyan qatnashadi.
Majlisda Iqtisodiy ittifoq faoliyatiga oid joriy masalalar hamda uning boshqa xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga oid mavzular ko‘rib chiqiladi.