12 nafar kishi Hindistondagi tropik bo‘ron qurboni bo‘ldi

Jahon 13:32 / 30.05.2016 3680

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatidagi kuchli tropik bo‘ron natijasida 12 nafar kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda 30 may kuni shtat politsiyasi xabar bergan.

O‘zi bilan kuchli jala va momaqaldiroq olib kelgan bo‘ron butun shtat bo‘ylab yopirildi: natijada uylarning tomi uchib ketdi, daraxtlar qo‘porildi, elektr tarmoqlariga shikast yetdi hamda vodiy hududlaridagi uylarni suv bosdi. Shtat sharqida ikki kishi halok bo‘ldi. Markaziy qismida esa to‘rt kishini chaqmoq urib o‘ldirdi.

Huquq-tartibot organlarining ta'kidlashicha, qurbonlar soni ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Milliy meteorologiya boshqarmasining xabar berishicha, yomg‘irlar Uttar-Pradeshda 48 soat vaqt mobaynida davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: