Tilshunoslar Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi 52 ming foydalanuvchining 10 mln xabarini tahlil qilib chiqishdi va ayollar hamda erkaklar asosan nima haqida ko‘proq yozishini aniqlashdi.
Tadqiqotlar yakuniga ko‘ra, ayollar aniq bir kishilar va ularning harakati haqida gapirishadi. Erkaklar esa abstrakt (mavhum) tushunchalar haqida (aniq shaxs va uning harakati haqida emas) gapirishgan.
Olimlarning aytishicha, ayollar o‘z xabarlarida pozitiv (ijobiy) tuyg‘ular, ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq hamda mubolag‘ali so‘zlarni eng ko‘p miqdorda ishlatishgan (masalan, "baxt", "sevish", "do‘stlik", "juda ham" - tahr).
Erkaklar esa siyosat va sportga aloqador so‘zlarni ko‘p qo‘llashgan ("hukumat", "soliq", "futbol", "mavsum" - tahr).