Shveytsariyadagi "millionerlar qishlog‘i" qochqinlarni qabul qilish o‘rniga pul to‘laydigan bo‘ldi

Jamiyat 20:08 / 29.05.2016 7222

Shveytsariyadagi 2,2 ming aholiga ega Obervil-Lili kommunasi o‘zida 10 nafar suriyalik qochqinni qabul qilishni rad etdi, deb xabar bermoqda "Vesti.ru" nashri.

Buning o‘rniga mahalliy aholi 300 ming dolllar jarima to‘lash istagini bildirdi.

Ta'kidlanishicha, qishloqda 300 nafar millioner bor.

Aholining bunday qaror qabul qilishiga ularning muhojirlar qandaydir yo‘l bilan qishloqlari qiyofasiga ziyon yetkazmasliklarini istayotganlari bilan uqdirilgan.

Yevrokomissiyaning qaroriga ko‘ra, Shveytsariya hukumati mamlakatda 3 ming muhojirni qabul qilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: