Polshada chaqmoq urishi tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

Jahon 13:21 / 29.05.2016 12338

Polsha janubida yashin urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy nashr ma'lumotiga tayanib, RIA «Novosti» xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, momaqaldiroqlar boshlangan paytda G‘arbiy Beskiddagi Babey tog‘i cho‘qqisidan pastga tushayotgan 40 yoshli sayyoh tabiiy ofat qurboniga aylandi. Yana bir kishining jasadi SHCHirkedan topilgan. 

Shuningdek Peninda, Sokolitsa cho‘qqisi yaqinida odamlarni chaqmoq urgan. U yerda uch kishi yashin urishi natijasida jarohatlandi.

Polshada oxirgi kunlarda qayd etilgan issiq havo ko‘plab mashhur tog‘ so‘qmoqlarida sayyohlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Momaqaldiroq ular boshpanadan uzoqda bo‘lganida, kutilmagan paytda yuz berdi.

Bundan oldinroq, Parijdagi xiyobonda tug‘ilgan kun ziyofati uchun yig‘ilganlarga chaqmoq kelib tegishi tufayli 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 9 nafar bola jabrlanib, shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

Shu kuni Germaniyadagi futbol o‘yingohlaridan biriga bolalar jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida yashin urilishi oqibatida 30dan ortiq kishi jarohatlangan.

Ko‘proq yangiliklar: