"Olimpiakos" futbolchisi Meksikada o‘g‘rilab ketildi

Sport 23:34 / 29.05.2016 4871

Gretsiyaning "Olimpiakos" futbol klubi hujumchisi Alan Pulido o‘z vatani – Meksikada o‘g‘rilab ketildi, deb xabar bermoqda Mediotiempo nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi mavsum yakunlangach Syudad-Viktoriya shahridagi uyiga qaytib kelgan.

Politsiyaning taxminicha, sportchi kechaga o‘z dugonasi bilan borgan. Bazmdan keyin futbolchi o‘z avtomobilida ketgan. Ylda futbolchining mashinasini bir nechta mashina qurshab olgan va jinoyatchilar uni kuch bilan noma'lum tomonga olib ketishgan. Politsiya futbolchini qidirmoqda, jinoyatchilar hali ham aloqaga chiqmagan.

Ko‘proq yangiliklar: