«Manchester Siti» direktori: «Mourinoning murabbiylik usullari ziddiyatlar keltirib chiqaradi»

Sport 13:58 / 29.05.2016 5401

«Manchester Siti» jamoasi ijrochi direktori Ferran Soriano jamoaning yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning ishlash metodlarini solishtirdi.

«Barselona»da 8 yil oldin ishlagan Soriano hozirgi jamoasini Mourino emas Gvardiola boshqarishining afzallik jihatlari haqida gapirgan.

«Ularning ikkisi ham katta salohiyatga ega. Lekin ular antipodlar (bir-biriga qarama-qarshi shaxslar - tahr). Biri – tajribali, murabbiy sifatida ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritgan, kuchli xarakterga ega shaxs. Lekin u doimo mojarolar markazida. Ikkinchisi esa katta talantga ega, klub bilan yaxshi tanish, garchi murabbiy sifatida katta tajribaga ega bo‘lmasada, juda salohiyatli.

Murabbiy — klub yuzi hisoblanadi, u haftada kamida bir marta chiqish qilishi kerak bo‘ladi. U o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi, nima deyishni bilishi kerak: raqiblarni hurmat qilish, hakamlar bilan to‘g‘ri muaomila qilish va umuman feyr-pleyga rioya etish.

Murabbiy matbuot vakillarini haqorat qilmasligi, mojarolardan tiyilish kerak. Unga jamoaning ichkarisidagi va tashqarisidagi ishlarni muvozanatda saqlab turish vazifasi yuklatiladi. Bu holatda Mourinoning metodlari va OAV bilan munozaralari klub ichkarisida ham muhit buzilishiga olib kelishi mumkin», — degan Soriano.

Ko‘proq yangiliklar: