13 may kuni 32Red nomli bukmekerlik kompaniyasi chempionship vakili «Lids» jamoasi bilan homiylik shartnomasi tuzilgani haqida ma'lum qilgandi. Kelishuv 2 mavsum uchun tuzilgan va kompaniya brendi jamoa futbolchilarining futbolkasi ko‘ksiga joylashtiriladi.
Jamoa bu kelishuvdan yaxshigina daromad qilgan bo‘lsada, «Lids» muxlislarining katta qismi ijtimoiy tarmoqlarda bu kelishuvga keskin tarzda noroziliklarini bildirishgan. «Lids»ning prinsipial raqiblaridan biri — «Manchester Yunayted» jamoasi «qizil iblislar» laqabiga ega va bu jamoa an'anaviy ravishda qizil rangli futbolkalarda o‘ynaydi.
«Lids» fanatlari homiy kompaniya rahbariyatiga bu kelishuv ular uchun muhim bo‘lsa, o‘z nomini 32White qilib o‘zgartirishni taklif qilgan.
Jackpot xabariga ko‘ra, muxlislar bu shartnomadan o‘zlarini tahqirlangan kabi sezishmoqda.