Kiyev yaqinidagi qariyalar uyidagi yong‘inga sabab sifatida xonalardan biridagi televizor portlagani sabab sifatida keltirilmoqda. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati rahbari Nikolay Chechyotkin ma'lum qilgan.
"Yong‘in sababi aniq o‘rnatilmadi. Tekshiruvlar ish olib borishmoqda. Katta ehtimol bilan yong‘in televizor portlashi tufayli ro‘y bergan", deydi Chechyotkin.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 35 kishi istiqomat qilgan bu qariyalar uyidagi yong‘in oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan.
Yong‘in uchun javobgar sifatida gumon qilinib, bir kishi qo‘lga olingan.