Italiya hukumati Rim, Neapol va Milan shaharlaridagi qadimiy qamoqxonalar binolarini sotish rejasi haqida ma'lum qildi. Bu sotuvlardan tushgan mablag‘ shaharlar atrofida yangi qamoqxonalar qurish uchun sarflanishi mo‘ljallangan.
Deutsche Welle xabariga ko‘ra, eski qamoqxonalar mehmonxonalar yoki turar joy binolariga aylantirilishi mumkin.
Italiya Adliya vaziri Andrea Orlandoning aytishicha, Rimdagi Tibr daryosi bo‘yida joylashgan Regina Koeli qamoqxonasi (XVII asrda qurilgan, ayni damda unda 600 nafar atrofida mahbus saqlanmoqda), Neapoldagi Podjoreale qamoqxonasi (1914 yilda foydalanishga topshirilgan, 2 ming mahbus uchun mo‘ljallangan) hamda Milandagi yana bir kichik qamoqxona sotuvga qo‘yiladi.