Iroq Kurdistoni qurolli otryadlari — Peshmerga xalqaro koalitsiya samolyotlari ko‘magida IShID tomonidan mamlakat shimolida egallab olingan hududlarda bir nechta qishloqlarni qaytarib oldi.
RIA Novosti agentligi manbasining ma'lumotiga ko‘ra, kurdlarning hujumi oqibatida IShIDning o‘nlab jangarisi yo‘q qilingan.
Iroq Kurdistoni - Iroq shimolidagi muxtor hudud hisoblanib, o‘tgan asrning 90-yillari boshida shu maqomga ega bo‘lgan. Muxtoriyat o‘z hukumati, parlamenti, prezidenti hamda armiyasiga (Peshmerga) ega.