Germaniyadagi futbol maydoniga yashin kelib urilishi tufayli 30dan ortiq kishi jarohatlandi

Jahon 12:20 / 29.05.2016 4435

Germaniyadagi Xopshtedten (Reynland-Pfalts) aholi punktida bolalar jamoasining futbol o‘yini davomida maydonga yashin kelib urilishi oqibatida 30dan ortiq kishi jabrlandi. Ulardan 3 nafarining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Jabrlanganlarning aksariyati to‘qqiz yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Uchrashuv arbitri ham kasalxonaga joylashtirilgan.

AFP agentligining mahalliy Berliner Zeitung nashriga asoslanib xabar berishicha, o‘yin vaqtida ob-havo odatdagidek edi. Yomg‘ir o‘yin yakunidagina boshlangan. 

Bundan oldinroq, Parijdagi xiyobonga chaqmoq urilishi tufayli 9 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: