Gabon murabbiyi: Obameyyang klubini o‘zgartirayotgani tufayli terma jamoaga chaqirmay turishimni so‘radi

Sport 15:29 / 29.05.2016 3899

Gabon terma jamoasi bosh murabbiyi Jorjye Koshta Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyyangni nega terma jamoa yig‘inlariga jalb etmaganiga izoh berdi.

«Obameyyang mendan terma jamoaga chaqirmay turishni so‘radi, chunki u yangi jamoaga o‘tish jarayonida», — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirali Daily Star nashri.

Bundan oldinroq, 26 yoshli ushbu hujumchining «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqishlari doirasida turgani haqida xabarlar berilgandi.

Per-Emerik Obameyyang «Borussiya»ga  Fransiyaning «Sent-Eten» klubidan 2013 yili o‘tgandi. U dortmundliklar jamoasi safida shu vaqtgacha turli turnirlar doirasidagi 143 uchrashuvda ishtirok etib, 80ta gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: