Britaniyalik poygachi Xemilton Monako Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

Sport 22:22 / 29.05.2016 3306

Formula-1" poygasining Mercedes jamoasi vakili, britaniyalik poygachi Lyuis Xemilton Monako Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi.

Marraga ikkinchi bo‘lib Red Bull a'zosi Deniyel Rikkyardo yetib keldi. 3-o‘rinni meksikalik Serxio Peres egalladi.

Toro Rosso jamoasi uchun qatnashuvchi rossiyalik poygachi Daniil Kvyat avariyadan keyin trassadan chiqib ketdi. Kvyat 22-aylanani o‘tayotganda Renault a'zosi, daniyalik Kevin Magnussen bilan to‘qnashib ketib, trassa chetidagi to‘siqqa borib urildi. Rossiyalik avariyadan keyin boksga qaytgan, biroq u yerdan qaytib chiqmagan.

Poyga peshqadami Niko Rosberg marraga yettinchi bo‘lib keldi.

Umumiy hisobda hali ham nemis Niko Rosberg (Mercedes) yetakchilik qilmoqda, uning hisobida 106 ochko bor. 2-o‘ringa Xemilton (82), 3-o‘ringa Rikkyardo (66) ko‘tarilib oldi.

Ko‘proq yangiliklar: