Yaponiyada yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus suv omboriga tushib ketdi

Jamiyat 23:21 / 29.05.2016 4714

Yaponiyaning Osaka prefekturasida 23 yo‘lovchi ketayotgan avtobus suv omboriga tushib ketdi, deb xabar bermoqda mamlakat favqulodda xizmatlariga iqtibos keltirgan holda  Japan Times nashri. Voqea oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, fojia Kavatinagano shahri yaqinida yuz bergan. Mahalliy qurilish kompaniyasi xodimlarini tabiat qo‘ynidagi tushlikdan keyin ortga olib ketayotgan avtobus 10 metrlik balandlikdan suv havzasiga tushib ketgan.

Bir necha kishi mustaqil ravishda avtobusdan tezlik bilan chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan, bir kishi qirg‘oqqacha suzib kelgan. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ulardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: