AQSh Milliy basketbol assotsiatsiyasining (MBA) «Nyu-Orlean Pelikans» jamoasi basketbolchisi Brays Dejan-Jons o‘qotar quroldan uzilgan o‘qdan jarohatlanib halok bo‘ldi. U qorin qismiga otilgan o‘q oqibatida vafot etgan. Hodisa Dallas shahrida yuz bergan. Bu haqda ESPN caytida xabar qilingan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, ushbu fojia 23 yoshli basketbolchi shahardagi xonadonlardan birining eshigini tepib, ichkariga kirganida sodir bo‘lgan. Shovqindan uyg‘ongan xonadon egasi sportchiga qarata to‘pponchadan o‘q uzgan.
Sportchining agenti Skott Nikolsning ma'lum qilishicha, uyga zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirilgan, lekin sportchining hayotining saqlab qolishning iloji bo‘lmagan, u shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Brays Dejan-Jons shu yilning yanvar oyida MBAda o‘z debyutini o‘tkazgan edi. Fevral oyida esa u «Nyu-Orlean Pelikans» bilan bir necha yillik shartnomaga imzo chekkandi.