Bugun, 28 mayda Milanda Chempionlar Ligasi finali bo‘lib o‘tadi, Yevropa qit'asining klublar o‘rtasidagi eng nufuzli unvoni uchun ikkita ispan grandi – "Atletiko" va "Real" kurashadi. "Qirollik" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot-anjumanida jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu bu uchrashuvga to‘liq tayyor bo‘lishini aytdi. Avvalroq portugaliyalik hujumchi jarohati tufayli mashg‘ulotni yakunlay olmagani ma'lum bo‘lgandi.
"Ronaldu 100 foizga tayyor bo‘ladi. U biroz og‘riq sezgandi, biroq umuman Krishtianu joyida", deb aytdi Zidan.