O‘rta Yer dengizidagi navbatdagi qayiq falokati oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 07:27 / 28.05.2016 4551

O‘rta Yer dengizidagi navbatdagi muhojirlar qayig‘i falokati oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

Noqonuniy muhojirlar bo‘lgan qayiq Liviya sohilidan 35 dengiz mili uzoqligida to‘ntarilib ketib, cho‘kib ketgan. Italiyaning Vega kemasi 135 kishini qutqarib qolgan, deb xabar bermoqda Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

Cho‘kib ketgan qayiq bortida qancha odam bo‘lgani noma'lum. Asrab qolingan muhojirlarning aytishicha, gap 100 ga yaqin bedarak yo‘qolgan odamlar haqida ketmoqda.

Fojia hududida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, unda Vega kemasi va qutqaruv katerlari ishtirok etmoqda.

Joriy yilda O‘rta Yer dengizida kamida 3,7 ming noqonuniy muhojir cho‘kib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: