Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylansa, Amerikaning energetika sohasida yetakchi o‘rinlarni kafolatlovchi strategiyani ishlab chiqmoqchi. Bu haqda Trampning saylovoldi internet-saytida joylashtirilgan hujjatda aytildi.
"Energetika sohasida yetakchilik qilish AQShning tashqi siyosati va strategik iqtisodiy maqsadi deb e'lon qilinadi. AQSh OPeKning barcha davlatlaridan ko‘ra 1,5 marta ko‘proq neft zaxiralariga ega, biz Rossiya, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni birgalidagi olingandagidan ko‘proq tabiiy gaz zaxiralariga egamiz, bizda Rossiyadan 3 marta ko‘proq ko‘mir bor. Federal hukumatga tegishli yerlardagi bizning tegilmagan neft va gaz zaxiralarimiz 50 trln dollarga baholanadi", deyilmoqda hujjatda.
Hujjatda ta'kidlanishicha, AQSh "OPeK davlatlari yoki manfaatlariga zid bo‘lgan istalgan davlatdan energiya tashuvchilarni eksport qilish ehtiyojidan to‘liq mustaqil bo‘ladi". Energiya tashuvchilar qazib olishdan tushgan daromadni AQSh infratuzilmasini modernizatsiyalash uchun qo‘llash taklif qilinmoqda.