Tehron va Ar-Riyod bu yilgi haj ibodatini tashkil etish borasida kelisha olmayapti

Jahon 17:56 / 28.05.2016 9455

Eron va Saudiya Arabistoni muzokaralarning ikkinchi davrasida ham Haj masalasida bir to‘xtamga kela olmadi, deb bayonot bergan Eron haj va ziyoratlar tashkiloti rahbari Said Ouxadi.

Avvalroq Ar-Riyod Tehronning eronliklar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirish to‘g‘risidagi taklifini qabul qilmagani xususida xabar qilingan edi. O‘tgan yili Mino vodiysidagi ur-surda boshqa hojilar qatori 464 nafar eronlik ham hayot bilan vidolashgandi. 

OAVda esa, tomonlar ijobiy kelishuvga kela olishmasa, Eron o‘z fuqarolariga haj ibodatini taqiqlashi haqida xabar qilingan edi. 

Ouxadining aytishicha, Saudiya Arabistoni haj vazirligi mutaxassislari va rasmiylari bilan bir necha maxsus uchrashuv o‘tkazilganiga qaramay, beshta masala bo‘yicha kelishuvga erishilmayapti. 

Haj ibodati, Islomning besh arkonidan biri bo‘lib, har bir musulmon Makkai-Mukarramadagi muborak qadamjolarni umrida bir marta bo‘lsa ham ziyorat qilishi farz hisoblanadi. 

Ba'zan ibodat amallarini bajarish chog‘ida, ur-yiqitlar ham sodir bo‘lib turadi. O‘tgan yili shunday hodisalarda 2,2 ming hojining yostig‘i qurigan edi.

Ko‘proq yangiliklar: