Shimoliy Koreyada Facebook'ning kloni paydo bo‘ldi

Fan-texnika 14:43 / 28.05.2016 4476

Shimoliy Koreya  Starcon deb nomlangan ijtimoiy tarmoqni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, uning dizayni Facebook'ni eslatadi, deya ma'lum qildi CNN Money.

Saytni 27 may juma kuni  Dyn Research internet-tahlil markazi rahbari Dag Meydori topishga muvaffaq bo‘ldi. Twitter'dagi mikroblogida u resurs manzilini qoldirdi. 

Meydorining aytishicha, Starcon bilan Facebook'ni nafaqat rangi, balki izlash, do‘stlar ro‘yxati satrlarining bezalishi, shuningdek yangiliklar ustuni shakllanishi prinsipi ham bog‘laydi. Starcon'ning yaratilishi uchun Facebook shabloni bo‘yicha sayt tuzishga imkon beruvchi phpDolphin platformasidan foydalanilgani taxmin qilinmoqda. 

Ijtimoiy tarmoq test rejimida faoliyat ko‘rsatadi. Ekspert Shimoliy Koreya rasmiy hukumatining bu loyihaga aloqasi bor yoki yo‘qligiga hozircha ishonchi komil emas. Kompaniya rahbari ijtimoiy tarmoqqa boshqa mamlakat foydalanuvchilarining kira olishi g‘alati deb topdi.

Ko‘proq yangiliklar: