AQSh raketalarga qarshi mudofaa tizimining Sharqiy Yevropada joylashtirilishi Rossiyaga xavf soladi va Rossiya bu xavfga javob berishiga to‘g‘ri keladi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afinada jurnalistlar savollariga javoban. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bu uchirish qurilmalari va radiolokatsion stansiyalar. U yerda 500 km ga ucha oladigan raketalar joylashtirilmoqda. Bir necha yildan keyin bu raketalar 1000 km ucha oladigan raketalar bo‘ladi. Biz hattoki bu raketalar qurollanishga qo‘yiladigan muddatni ham bilamiz. Qanday qilib bu bizga xavf solmaydi? Yana qanday xavf soladi", deb aytdi Putin.
"Biroq yomoni boshqa narsa. Yomoni, bu ixcham qurilmalarga zarba berish majmualari, zarba raketalari esa hoziroq joylashtirilishi mumkin. Ularning ta'sir masofasi esa 2400 km ni tashkil qiladi. Bir raketani ikkinchisi bilan almashtirish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Buning uchun dasturiy ta'minotni o‘zgartirish kifoya qiladi. Buni hech kim sezmaydi, hattoki ruminlar ham", deb aytdi Putin.
Putinning ta'kidlashicha, "bunga javoban Rossiya xavfsizligini ta'minlovchi muayyan javob choralari ko‘rishga to‘g‘ri keladi". "Qaytaraman – javob choralari, biz hech qanday dastlabki qadamlarni amalga oshirmayapmiz", deb qo‘shimcha qildi Putin.