Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Moskva, AQSh raketalarga qarshi mudofaa tizimi inshootlarining Ruminiyada barpo etilishiga qarshi choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Putinning qayd etishicha, AQSh «bir tomonlama asosda raketalarga qarshi mudofaa tizimi shartnomasidan chiqib», xalqaro xavfsizlikning fundamental asoslariga zarba berdi.
«Bizga hech kim quloq solmayapti. Muzokaralar olib borishni ham istamayapti. Umumiy gaplardan boshqa hech narsani aytishayotgani yo‘q. Ular bu tizimlar Rossiyaga qarshi qaratilmagani, Rossiya xavfsizligiga tahdid solmasligini ta'kidlashdan nariga o‘ta olishmayapti. Ma'lumki, dastlab gap Eron tahdidi, Eron yadro dasturi haqida so‘z borgan edi. Endilikda Eron yadro dasturi ham tugatildi», — degan Putin.