Xitoyning Xunan viloyatida dafn marosimiga yuk mashinasi urildi. 28 mayda "Sinxua" axborot agentligining xabar berishicha, fojia oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va yana 17 kishi jarohat olgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Xuantan qishlog‘ida yuz bergan. Kamida 4 kishining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.
Ayni vaqtda voqea sabablari o‘rnatilmoqda. Yuk mashinasi haydovchisi hibsga olingan. Voqeaning qolgan tafsilotlari keltirilmagan.