Ukrainaga qaytgan Nadejda Savchenko 27 mayda o‘zining yangi ish o‘rni bilan tanishish uchun Ukraina Oliy radasiga keldi. Bu haqda Ukraina OAV ma'lum qildi.
Afv etilgan harbiy o‘z majburiyatlarini bajarishni oddiygina boshlay olmadi va bundan ham o‘ziga xos "tomosha" uyushtirdi. Savchenko yig‘ilish zalida nimagadir yalangoyoq yurdi. Unga o‘tiradigan joyi ko‘rsatildi, bu yerda uning ismi va familiyasi yozilgan tablichka o‘rnatilgan.
Avvalroq Radaning yangi deputati etib tayinlangan Savchenko matbuot-anjuman o‘tkazib, agar Ukraina xalqi istasa, prezident bo‘lishga ham tayyorligini aytgandi. U, shuningdek, armiyaga qaytishga va Donbassdagi kuch operatsiyasida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.