Sankt Peterburgning "Zenit" jamoasi yangi bosh murabbiyi Mircha Luchesku jamoa bilan shartnomasini yaxtada imzolagani va yaqin oradagi rejalari xususida o‘rtoqlashdi. U hozircha, jamoaga yangi o‘yinchilar olib kelish xususida o‘ylab ko‘rmaganini ham ma'lum qilgan.
Luchesku shartnoma imzolashga oid tafsilotlar bilan o‘rtoqlashgach, "Zenit" tarkibida ruminiyalik o‘yinchilar paydo bo‘lish ehtimoli xususida fikrlarini bildirgan.
"Men turli mish-mishlardan xabarim bor, ammo to‘g‘risini aytganda bunday rejam yo‘q. Hozircha, men jamoa salohiyati bilan tanishib olishim kerak. Shundan so‘nggina, transferlar xususida gaplashamiz. "Zenit"da yaxshi futbolchilar to‘plangan. Ularning 11 nafari milliy terma tarkibida Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda", - degan jamoa bosh murabbiyi.