Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nikoh va toj kiydirish marosimi ko‘ylaklari Londondagi Bukingem saroyida ko‘rgazmaga qo‘yiladi, deb xabar beradi Daily Express. Har ikkala libosning muallifi – mashhur kutyure, ser Norman Xartnelldir.
Liboslar «Modellashtirish hukmronligi: qirollik garderobidagi uslubning 90 yilligi» ko‘rgazmasining eksponatiga aylandi. Ko‘rgazmaga 23 iyuldan 2 oktabrgacha tashrif buyurish mumkin.
Bu 2016 yilda Yelizaveta II uslubiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan uchta ko‘rgazmalardan biridir. Barcha ko‘rgazmalar qirolichaning rasmiy qarorgohlarida o‘tkaziladi.
21 aprel kuni Edinburgdagi Xolirud saroyida birinchi ko‘rgazma o‘z ishini boshlagan edi. 17 sentabrda esa yana bir ko‘rgazma Vindzor qasrida ishga tushadi. Umumiy hisobda omma e'tiboriga 150 ta libos namoyish etiladi.