Kuvayt Eron bilan mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuvga ko‘ra, Eronga 47 mahbusni topshirdi, deb aytildi Kuvayt IIVning matbuot bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
"Kuvaytning inson huquqlari nizomi va xalqaro kelishuvlarni bajarish bo‘yicha majburiyatlariga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari, axloq-tuzatish muassasalari ishlari bo‘yicha yordamchi general Xolid ad-Diyin Eronga qamoqqa mahkum qilingan 47 kishini topshirish haqida qaror imzoladi", deb ta'kidlanmoqda xabarda.
Vazirlikda bu qaror mahbuslar jazoni o‘z yurtida o‘tashi bo‘yicha Kuvayt va Eron o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuv asosida qabul qilingani aytildi.