Qirg‘iziston janubidagi Qadamjoy rayonida yuz bergan surunkali yomg‘irlar oqibatida yuz bergan ko‘chkilar 5 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi Qirg‘iziston FVVga tayangan holda.
«O‘sh — Aydarken avtoyo‘lining 125 kilometrida sel kelishi kuzatilgan. U, sel mashinani qoplagan, undagi 5 kishi hayotdan ko‘z yumgan, sel oqimida ketayotgan 6 yashar bola qutqarilgan. Mashina bo‘lgan yana bir 3 yoshli bola qidirilmoqda, — deb ma'lum qilgan vazirlik vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tabiiy ofat oqibatida yo‘llar yuvib ketilgan, bir nechta hovlilar ko‘chki ostida qolgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.