CNN telekanali xabar qilishicha, Aleks Bestler va uning o‘rtog‘i Arizona shtati Usery Mountain Park’iga tonggi sayrga chiqqan vaqtida bexosdan asalarilar hujumiga uchragan.
Alamzada asalarilar, 23 yoshli Bestlerni qisqa vaqt ichida ko‘p chaqishga ulgurgan. Bir necha kishi asalarilarga burkangan holda yerda yotgan Bestlerga yordam berishga harqancha urinishmasin, hasharotlar bunga yo‘l qo‘ymagan.
Maricopa sherifi Allen Romer, nihoyat, trak mashinasini Bestlerga yaqinlashtirib, uni transport vositasiga ortgan.
Aleks mahalliy shifoxonaga yetkazilgach, shifokorlar uning o‘lganini qayd etishgan.
Bestrlerning o‘rtog‘i, yaqin oradagi hojatxonaga kirib, asalarilar hujumidan saqlanib qolishga muvaffaq bo‘lgan.