Afg‘oniston maxsus xizmatlari 28 may kuni mamlakat poytaxti – Kobulda teraktning oldini olishdi, deb xabar bermoqda Afg‘oniston xavfsizlik milliy direktorati xabariga iqtibos keltirgan holda Khaama Press agentligi.
Kobulda amalga oshmagan terakt ortida "Haqqoniy tarmog‘i" terrorchilik guruhi turgan. Bu guruh xudkushi o‘z nishoniga yetib borguncha otib o‘ldirilgan. Shu bilan birga, voqea qayerda sodir bo‘lgani, nima nishonga olingani haqida hech narsa aytilmagan.
Avvalroq AQSh elchixonasi o‘z saytida Kobulda Afg‘oniston hukumat muassasalari va xorijiy davlatlar diplomatik hukumatlariga qarshi yangi teraktlar tayyorlanayotgani haqida ma'lum qilgandi.
"Haqqoniy tarmog‘i" AQShda 2012 yilda Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar va hukumat obektlariga hujumi sababli terrorchilik guruhi deb e'lon qilingan. Guruh jangarilari 2012 yilda AQShning Kobuldagi elchixonasiga hujum uyushtirgan. Guruh "Tolibon" va "Al-Qoida" terrorchilik guruhlari bilan yaqin aloqa qo‘llab-quvvatlaydi.