Savchenko zarurat tug‘ilsa prezident bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Jahon 14:47 / 27.05.2016 7377

Ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida agar shunday zarurat to‘g‘ri kelib qolsa, Ukraina prezidenti bo‘lishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar berdi.

"Agar zarurat tug‘ilsa, men prezident bo‘laman", degan u.

U matbuot anjumani vaqtida Ukraina madhiyasini kuylagan.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Savchenko qariyb 2 yillik asirlikdan keyin Rossiyadan qaytib keldi. U Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlar Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovga almashtirildi.

Ko‘proq yangiliklar: