Tailandlik kishi 3 metrli (10 fut) ilon bilan qonli to‘qnashuvdan keyin sog‘lig‘ini qayta tiklamoqda. U suv quvuri orqali hojatxonaga kirib olgan va uy egasini chaqqan.
Attaporn Bunmakchuay tay telekanallari undan shifoxonada intervyu olgan chog‘ida jilmayib qo‘ydi, shifokorlar uning sog‘ayib ketishini aytishdi. Biroq Bangkok sharqidagi Chachoyengsao provinsiyasi hojatxonasida olingan qonli suratlar uning qiyin sinovlarga duchor bo‘lganini ko‘rsatib turibdi.
38 yoshli vaziyat qurboni 7-televizion kanaliga xotini va qo‘shnisi kelib qutqargunga qadar ilondan xalos bo‘lish uchun 30 daqiqa bor kuchi bilan kurashganini aytdi. Xotini ilonni bog‘lab qo‘yganidan so‘ng Attaporn tashqariga chiqdi.
Rat gazetasi favqulodda vaziyat xodimlari Osiyo uslubidagi hojatxonadan o‘tgan pitonni olib, yovvoyi tabiat qo‘yniga qaytarishganini ma'lum qildi.
Shifokorlar qonga belangan bo‘lsa-da, ammo chekinmagan Attapornning sog‘lig‘i qayta tiklanishini ma'lum qilishdi.
"Uning xotini va farzandlari shok holatida bo‘lishiga qaramay, Attaporn o‘zini juda yaxshi tutmoqda. U jilmaydi hamda kun bo‘yi to‘shakda yotgan holida intervyu berdi", - deydi shifoxona rahbari Chutima Pinchar.