Obama: “Yaponiyadagi atom bombardimonidan so‘ng butun dunyo umrbod o‘zgardi”

Jahon 16:35 / 27.05.2016 4526

AQSh Yaponiyaning Xirosima shahriga bergan atom zarbasidan so‘ng dunyo umrbod o‘zgardi. Bunday fikrni Xirosimadagi Tinchlik bog‘ida chiqish qilar ekan, AQsh prezidenti bildirib o‘tgan.

"Bundan 71 yil muqaddam, o‘sha tongda, osmondan o‘lim yog‘ilganida dunyo butunlay o‘zgarib ketdi", - dedi Obama. Uning ta'kidlashicha, Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombasi “ikkinchi jahon urushining qaqshatkich yakuni bo‘lgan”. 

Prezident yana shuni ta'kidlab o‘tganki, AQSh yadro quroliga ega mamlakat sifatida “qurollar kerak bo‘lmaydigan dunyo qurishga mas'uldir”. "Mening tirikligimda balki bu ishlar amalga oshmas, ammo bu biz bu yo‘ldan qaytamiz, degani emas”, - degan u.

Ko‘proq yangiliklar: