Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino rasman «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylandi.
53 yoshli mutaxassis bilan keyinchalik uzaytirish ehtimolini nazarda tutgan holda 3 yillik shartnoma tuzilgan.
23 may kuni «Manchester Yunayted» Lui van Gaal bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgandi. Uning o‘rniga tayinlangan Mourino esa 2015 yilning dekabrida «Chelsi» jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilganida buyon ishsiz edi.
Bundan oldinroq manchesterliklar rahbariyati Joze Mourino «Chelsi»dan ketgach, yarim yil davomida boshqa klublarning taklifini qabul qilmasligi uchun unga 4 million funt sterlingni oldindan to‘lagani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, unga yozgi transferlar vaqtida jamoani kuchaytirish uchun 150 mln funt ajratilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» 2015/16 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra Angliya chempionatida 5-o‘rinni egalladi va kelasi mavsumda YeChL turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita olmadi.