Terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslarning ma'lumotnomalari maxsus xizmatlar va politsiyaning xatosi tufayli yo‘q qilib yuborildi, deb yozmoqda Britaniyaning Telegraph gazetasi.
Gazetaning yozishicha, 800 nafar jinoyatchining DNK-profillari va barmoq izlari yo‘q qilib yuborilgan.
Bunga nima sabab bo‘lganligi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Eng yaqin sabab etib, ma'lumotlar “axborotlarni qayta ishlashning sustligi” sabab yuqolgan.
Gazetaning ta'kidlashicha, ma'lumotlar mamlakat jiddiy terrorchilik xavfi ostonasida turgan bir paytda g‘oyib bo‘lgan.